Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov N. tomonidan Oqtepa mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyozlaridan to‘g‘ri foydalanishi va huquqlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tushuntirish suhbati o‘tkazildi.
🗣Suhbat davomida, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qonuni mazmun-mohiyati, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhimligi ta’kidlandi.
Inson qadri va huquqlari — doimo e’tiborda!
Bizni kuzatishda davom eting!