Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

1-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari G. Azimova, D. Musayeva va M. Murzametova tomonidan 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganish davomida shifoxonadagi sanitariya-gigiyena holati, bemor bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda muassasa faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

⚖️Qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni asosida fuqarolarning, jumladan, bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy yordamdan foydalanish huquqlarini ta’minlash va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi.

🔹O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2