Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#DeputatFaoliyati #SaylovchilarBilanMuloqot #DeputatSurovi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Xamro Ziyayevich Tavasharov tomonidan “Shakarqamish” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi muloqot va qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga, hudud infratuzilmasini yaxshilashga hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa maishiy masalalarga oid murojaat va takliflari tinglandi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda bildirilgan murojaatlarni atroflicha o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi idora va tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishiga kelishib olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5