MILLIY MEROS — AVLODLAR UCHUN BEBAHO XAZINA Tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga asl holicha yetkazish — barchamizning burchimizdir.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Kamolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tashabbusi bilan tumandagi tabarruk maskanlardan biri — "Oqostona" ziyoratgohi faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida ziyoratgohning hozirgi holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda hududning tarixiy va madaniy qiymatini muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.