Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

TURKMAN MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI

TURKMAN MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Sodikova Barchinoy Musaqulovna tomonidan Turkman mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi asosida ishlar tashkil etilmoqda.

👥 Mahallada 70 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, shundan:
🔹 26 ta oila — davlat ta’minotida;
🔹 33 ta oila — kambag‘al;
🔹 11 ta oila — kambag‘allik chegarasidagi oilalar.
📌 Faoliyat rejasi doirasida:
✅ 22 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
✅ 8 nafar fuqaroni ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish;
✅ 38 nafar fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash;
✅ 12 nafar fuqaroni daromadli mehnatga jalb etish;
✅ 13 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish;
✅ 32 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yoki legallashtirish;
✅ mikroloyihalarni tashkil etish orqali kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish;
✅ uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 103 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash vazifalari belgilangan.

🏘 Ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishida esa Turkman mahallasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, Ustozlar ko‘chasini ta’mirlash, A.Navoiy ko‘chasini mukammal ta’mirlash, ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish hamda ariqlarni tozalash ishlari nazarda tutilgan.

⚡️ Shuningdek, investitsiya dasturlari asosida Turkman MFY binosini mukammal ta’mirlash, Yerteshar qishlog‘idagi podstansiyani yangi podstansiyaga almashtirish hamda mahalla hududida keksalar va yosh bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun talabga javob beradigan tibbiyot binosini barpo etish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

🤝 Mazkur vazifalarni amalga oshirishda mahalla yettiligi vakillari, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman hokimligi va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
📍 Faoliyat rejasining ijrosi Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Sodikova Barchinoy Musaqulovna tomonidan muntazam ravishda o‘rganib boriladi.