CHORTUT MFYDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
📋 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📍
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Bozorova Gulmera tomonidan Chortut MFYda elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ hududdagi elektr tarmoqlari va mavjud infratuzilmaning holati;
▪️ elektr energiyasi ta’minotidagi mavjud muammolar;
▪️ kuz-qish mavsumida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash masalalari;
▪️ aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
ko‘rib chiqildi.
⚡️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tegishli mutasaddilar bilan muhokama qilinib, ularning yechimi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati
Bozorova Gulmera