Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova, Toshkent shahar Kengashi deputatlari Xabibulla Akilov va Nigora Eshmetova tomonidan Alisherobod saylov okrugi hududidagi mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususam, “Alisherobod” mahallasida bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy ochiq sport maydonini tashkil etish masalasi o‘rganildi. Ushbu maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘sh yer maydoni mavjudligi aniqlanib, mutasaddilar bilan zarur ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3