Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#munosabat

🔰#munosabat

👉Ma’muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
👉Ayniqsa, davlat organlari qarorlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazoratini kuchaytirish, fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita sudga murojaat qilish imkoniyatini yaratish hamda sud qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga qaratilgan takliflar e’tiborga loyiq.
👉Deputat sifatida, bu kabi islohotlar joylarda qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda davlat idoralarining xalq oldidagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlayman.
👉Inson huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Baxronjon Yusupov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,