35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #saylovchilar_bilan_uchrashuv #deputatlik_nazorati

Haftalik ish reja ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Xayrondara” mahallasida saylovchilar bilan muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahalla hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 8