Kengash raisi B. Ochilov va Kengash kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan Shombuloq mahallasidagi qabristonlarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qabriston hududlarining obodonlashtirilganlik darajasi, tozalik va sanitariya holati, mavjud infratuzilma hamda hududni saqlash va parvarishlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
📍 Shuningdek, qabriston hududlarini tartibli saqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni toza va ozoda saqlash hamda qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.