Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

ILMIY TAJRIBA VA AMALIY HAMKORLIK

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmurotova tomonidan Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Charxin ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔎 Tashrif davomida stansiyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlari, bog‘dorchilik hamda uzumchilik yo‘nalishidagi amaliy faoliyat ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, hududda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda xalq deputatlari Kengashi kotibiyati va ilmiy muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4