Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahridagi “Yuksalish” MFYdagi hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholining murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.