Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar “Tinchlik” MFYdagi bank agenti faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholining bank xizmatlaridan foydalanishida mavjud masalalarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.