Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar “Tinchlik” MFY yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, yoshlarning muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.