Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI: IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA MUAMMOLARI O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullayeva Kenagas mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Sh. Quriyozov bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan Bog‘ishamol ko‘chasi, 9-uyda yashovchi Bekchanova Dilafro‘z Yangiboyevna xonadonidagi ijtimoiy-maishiy sharoit va mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilaning ehtiyojlari tahlil qilinib, voyaga yetmagan 2 nafar farzandini bepul maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish chorasi ko‘rildi.
Shuningdek, D. Bekchanovaning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun munosib ish bilan ta’minlanishiga amaliy ko‘mak berildi.
Mazkur ishlar deputatlik nazorati doirasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini manzilli o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 1