Xalq deputatlari shahar Kengashi huzridagi qo'shma doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish va Shirin shahrida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish masalalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosi ko‘rib chiqildi.
Shahar mahalliy byudjetining maqbullashtirilgan hamda iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan 965 287,3 so‘m mablag‘ quyidagi tashkilotlarga ajratilishi belgilangan:
- Shirin shahar hokimligi Shirin shahar hokimligini ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliq to‘lovlari (1-guruh va 2-guruh) bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun 421537,3;
- Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabini ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliq to‘lovlari (1-gurux va 2-gurux) bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun 312500,0;
- Shirin shahar 15-sonli Nurchi madaniyat markazi Shirin shahar 15-sonli Nurchi madaniyat markazini ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliq to‘lovlari (1-guruh va 2-guruh) bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun 83750,0;
- Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Shirin shahar Axborot-kutubxona markazini ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliq to‘lovlari (1-guruh va 2-guruh) bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun 85000,0;
- Shirin shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Shirin shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliq to‘lovlari (1-guruh va 2-guruh) bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun 62500,0 .
Shuningdek, 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr qurilmalarda shikastlanishlarini va tarmoqlardagi avariyali uzilishlar sodir bo‘lishini oldini olish yuzasidan o‘ta yuklama ostida ishlayotgan kichik quvvatdagi transformatorlarni bartaraf qilish hamda kichik quvvatdagi transformatorlarni zaxirasini yaratish maqsadida, zamonaviy GKTP turdagi katta quvvatli transformator punktlari xarajatlari uchun shahar hokimligiga 86,103,0 so‘m mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari ikkinchi chorak daromadlarining rejasidan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 36 902,0 (o‘ttiz olti million to‘qqiz yuz ikki) ming so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida, shahar hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga ajratilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni hamda Shirin shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil 7-avgustdagi 10-03/01-02/426-sonli va shahar hokimligining 2026-yil 14-sentyabrdagi 1-1/02/107-sonli xatlariga bildirilgan takliflariga binoan Shirin shahar hokimligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Shirin shahar “Bunyodkor” mahallasi 13-uy 31-xonadonda istiqomat qiluvchi para akademik yeshkak eshish bo‘yicha terma jamoa azosi, bir necha bor O‘zbekiston chempioni, 2-karra joxon kubogi sohibi 2-guruh nogironi bo‘lgan Belyanina Dinara xonadonini ta’mirlash xarajatlari uchun 30000,0 (o‘ttiz million) ming so‘m mablag‘lar shahar hokimligiga ajratilishi ko‘zda tutilgan.