ISHBILARMONLIK VA ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri X. Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritalari»da belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasining 11-bandiga asosan «BROTHER'S GOOD WILL» MChJ faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida korxona tomonidan Damas va Labo avtomobillari uchun shtamplangan butlovchi qismlarni ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish quvvati hamda yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash, ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram Instagram
Facebook E-Kengash