35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
#Kengash_raisi #Okrugda_o‘rganish #24_ta_masala #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla
янв.21
#Deputat_soʻrovi_ijrosi
янв.21
#Kengash_raisi #Kotibiyat_mudiri #Kotibiyat_xodimi #Okrugda_o‘rganish #MurojaatlarDaftari #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla
янв.21
#Okrugda_o‘rganish #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Okrugda_o‘rganish #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #MurojaatlarDaftari
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Deputat_va_hokim_o‘rinbosari #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahallalar #KambagallikniQisqartirish #XonadonbayIshlash #Mahalla #MaxsusShtab #AmaliyYechim
янв.21
#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Aholi_salomatligi #Bo‘ston_MFY
#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Aholi_salomatligi #Bo‘ston_MFY



Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar mahalla hududida joylashgan dorixona faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

Dori-darmonlar assortimenti va narxlari: Aholi uchun eng zarur bo‘lgan dori vositalarining yetarli zaxirasi mavjudligi hamda narx-navoning barqarorligi ko‘zdan kechirildi.

Saqlash va sanitariya qoidalari: Dori vositalarini saqlash sharoitlari, dorixona ichki va tashqi sanitariya holati hamda belgilangan talablarga rioya etilishi tahlil qilindi.

Murojaatlar va muloqot: Dorixona xodimlari hamda xaridorlar bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli farmatsevtika xizmati ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbirkorlik va ijtimoiy sohadagi ijro holatini o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3