Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev 5-oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida dori vositalarining mavjudligi, ularni aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Aholi salomatligi — doimo e’tiborda!
Deputatlik nazorati esa bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.