#162_qonun
🏛🌍 Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi O‘RQ-549-son "Turizm to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar va mas’ul idoralarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
✅ turizm sohasiga oid qonunchilik talablarining ijrosi;
🏛 madaniy meros obyektlari va turistik maskanlarda yaratilgan shart-sharoitlar;
🏨 turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, xavfsizligi va qulayligi;
🤝 ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
📊 turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar.
📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli va xavfsiz turizm xizmatlarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning turizm salohiyatidan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
🏢 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz