35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANA BIR LOYIHA QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB TOPILDI

#sessiyadan_jarayonlar #deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Open_byudjet #deputat_tashabbusi

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANA BIR LOYIHA QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB TOPILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 34-sessiyasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida deputat tashabbusi loyihasi sifatida qo‘shimcha g‘olib deb topilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

🗂 Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-sonli qarorlariga muvofiq muhokama qilindi.

↗️ Ushbu tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.G.Kamalova tomonidan “Tashabbusli budjet” axborot portalidagi ID 055522968001 raqamli loyiha doirasida tumandagi 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qo‘shimcha g‘olib deb topish tashabbusi ilgari surildi.

Loyiha doirasida 244-sonli DMTTda quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
🏠 binoning tom qismini to‘liq almashtirish;
🌧 suv oqimi uchun suv tarnovlarini o‘rnatish;
🔥 issiqlik tizimini yangilash;
💧 sovuq suv quvurlarini yangilash;
✍️ kanalizatsiya quvurlarini yangilash;
⏫️ DMTT hududining devorlarini ta’mirlash;
⚙️ hudud ichki yo‘laklarini ta’mirlash;
🛠 DMTTning ichki va tashqi ta’mirtalab qismlarini mukammal ta’mirlash.

✨ Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik holati yaxshilanib, tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.

🤝 Masala Kengash deputatlari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ID 055522968001 raqamli loyihani “g‘olib” deb topilganligi to‘g‘risidagi manzilli ro‘yxat bir ovozdan ma’qullandi.

Slide 1 of 5