35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI

YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Yangiobod mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputatlari N. Abduraximov, Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Amalga oshirilayotgan ishlar hajmi, belgilangan vazifalarning bajarilishi, yo‘llarning asfaltlashga tayyorgarlik holati hamda ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq mavjud masalalar ko‘rib chiqilib, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Deputatlar nazorati doirasida o‘rganishlar hududlardagi ijtimoiy va infratuzilma masalalarining amaliy yechimini ta’minlash maqsadida davom ettiriladi.

Slide 1 of 6