35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Aholi bilan ochiq muloqot

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov tomonidan Parvoz mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi.

🤝 Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar, jumladan, ishga joylashish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, farzandlarini maktab formasi bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, turli taklif va muammolar batafsil tinglandi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📌 Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda amaliy yechim topish, ijrosi bo‘yicha nazoratni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Aholi murojaatlari — deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri.

Slide 1 of 1