35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat va samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔵Shu maqsadda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J. Norov hamda R. Murodov hamkorligida Qalmoq mahallasida o‘rganish olib borildi.
🔵O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tashkil etilishi, fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔵Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, bunda fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida va manzilli ko‘rib chiqilayotgani holatiga e’tibor qaratildi.
🔵O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4