35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi sessiyasida tumandagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida mazkur xizmatlar uchun to‘lov tasdiqlandi.
🌳 Qarorga ko‘ra, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda tuman markaziy ko‘chalarini lozim darajada sanitar holatda saqlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
💰 Tasdiqlangan tarif:
1 m² uchun — 3 610 so‘m.
📍 Mazkur qaror Chilonzor tumanida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya holatini yaxshilash hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.