35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 11-Bag‘rikeng saylov okrugida fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi

Bandixon tumanida aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 11-Bag‘rikeng saylov okrugi deputati J.Abdinazarov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bag‘rikeng" MFYda bo‘lib, fuqaro murojaatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha tahlil qilinib, uni qonunchilik talablariga muvofiq va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1