35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

DEPUTAT SAYLOVCHI OLDIDA QANDAY HISOB BЕRADI?

DEPUTAT SAYLOVCHI OLDIDA QANDAY HISOB BЕRADI?
Deputat — xalq vakili. Uning asosiy vazifalaridan biri saylovchilarning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida hisobdor bo‘lishdir.
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari — bu shunchaki muloqot emas, balki xalq vakili faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlashning muhim shakli hisoblanadi.
Bunday uchrashuvlarda deputat:
🔹 amalga oshirgan ishlari va tashabbuslari haqida axborot beradi;
🔹 saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot beradi;
🔹 hududdagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi;
🔹 kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilaydi;
🔹 fuqarolarning taklif va fikrlarini tinglaydi.
Saylovchi va deputat o‘rtasidagi doimiy muloqot — samarali vakillik va xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.