Izboskan tumani Boston MFY hududidagi Qumbosdi ko‘chasida yashovchi fuqarolarning xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida xonadonlardagi mavjud sharoit, aholining ijtimoiy holati, muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
Aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Mazkur ishlar Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Q. Qosimov tomonidan Izboskan tumaniga biriktirilgan hududda aholi bilan manzilli ishlash doirasida amalga oshirildi.