35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

📌 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

#ish_reja_ijrosi
📌 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI.

Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D. O‘ralova hamda F. Anarboyev tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi.
Murojaatlar davomida ajrimlarni oldini olish hamda yarashtirish masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilishi hamda ularning ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va yechim topishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2