35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🔰Oydin mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

🔰Oydin mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Oydin mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔵Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilaviy muhitni mustahkamlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

👉Xotin-qizlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning faolligi va bandligini oshirish — mahalladagi ijtimoiy barqarorlikning muhim omilidir.

Slide 1 of 5