🔰Yoshlar bandligi — doimiy e’tiborda
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Oydin mahallasida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, yoshlarning muammolari va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
👉Yoshlar bilan ishlash — kelajakka investitsiya!