35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tumanning “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida deputat A.Turdiyev hudud aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning muammo hamda takliflarini tingladi. Shuningdek, mahalla ichki yo‘llariga asfalt yotqizish jarayonlari bevosita ko‘zdan kechirildi.

Yo‘l qurilishi jarayonida asfalt qoplamasining qalinligi va kengligi maxsus o‘lchov vositalari orqali tekshirilib, ishlarni belgilangan standartlar va texnik talablarga mos ravishda sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ul pudratchi tashkilot vakillariga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 4