Bag‘dod tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅Unda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati I.Axmedov ishtirok etib, maktab jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.
✅Tadbir davomida yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda o‘quvchilarning puxta bilim olishi va kelajakda munosib insonlar bo‘lib voyaga yetishi muhimligi ta’kidlandi.
✅Shuningdek, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, mustahkam bilim, yangi yutuq va zafarlar tilaklari bildirildi.