❇️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-Zafarobod saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “Oydinbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
📑 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan ijtimoiy restirdagi 31 nafar fuqarolarga yordam ko‘rsatilganligi ma'lum qilindi. Jumladan:
⏺ Uy-joyini ta’mirlash uchun 1 nafar fuqaroga — 20 mln 600 ming so‘m;
⏺ Kiyim-kechak xaridlari uchun 11 nafar fuqaroga — 22 mln 662 ming so‘m;
⏺ Oziq-ovqat mahsulotlari uchun 19 nafar fuqaroga — 7 mln 828 ming so‘m.
✅ O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.