35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📍 Jarqo‘rg‘on mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulhakim Xushboqovich Jarqo‘rg‘on mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📉Uchrashuv davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, shuningdek aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔰Muloqotda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Kerimov, bosh mutaxassislar D. Ibragimov va A. Alisherov ham ishtirok etdilar.

🤝 Uchrashuv yakunida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mahalla tizimi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1