35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

TILLOKAMAR MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

TILLOKAMAR MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅ Tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘. Murodov tomonidan Tillokamar mahallasida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlarni bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli loyihalarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅ Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan individual ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning murojaatlari bilan ishlash holatiga ham e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2