35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#_deputat_faoliyati Biriktirilgan tashkilot faoliyati – deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
Biriktirilgan tashkilot faoliyati – deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-"Shoqishloq" saylov okrugidan saylangan deputati F.Yusupov tomonidan o‘ziga biriktirilgan AT "Xalq banki"ning Sariosiyo tumani bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida bank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bankning mas’ul xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda aholiga qulay va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi. Bunday nazorat tadbirlari davlat xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, aholining manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilishi qayd etildi.
Slide 1 of 1