35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sessiya oldi o‘rganish: sug‘orish tizimi va meliorativ holat deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minotini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifa tumanda ijro etilishi holati yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Gulobod mahallasida o‘rganish amalga oshirildi.

O‘rganishda sug‘orish tizimlari, ariq va zovur holati, suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, mahalladagi ayrim ariq va zovurlar ikki yildan buyon tozalanmagan, ularning atroflarida obodonlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmagan. 

Slide 1 of 2