35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Appakov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati H. Holmatov tomonidan "Namunali Birlik" MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish, obodonlashtirish, aholi bilan ishlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tavsiyalar ijrosini samarali tashkil etish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2