Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tashabbusi va ishtirokida mahalla xotin-qizlar faollari bilan "Milliy liboslar – millat ko‘rki" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda milliy liboslarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, kiyinish madaniyatini targ‘ib etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.