Deputat o‘z faoliyatida:
❗️Jamiyatda umum e’tirof etilgan odob-axloq tamoyillariga rioya etishi;
❗️fuqarolar va mansabdor shaxslarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
❗️ Deputat sha’niga dog‘ tushiradigan, mahalliy Kengash nufuzi va davlat manfaatlariga putur yetkazadigan har qanday xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi lozim.
Shu bilan birga, Odob-axloq qoidalari deputatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan huquq hamda erkinliklarini cheklamaydi, balki deputatlik faoliyatini yuksak mas’uliyat, halollik, xolislik va professional etika tamoyillari asosida amalga oshirishga xizmat qiladi.
📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari”.