35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Hamkorlik ishlari izchil davom etmoqda

Hamkorlik ishlari izchil davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, faoliyat samaradorligini oshirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov tuman Matbuot uyi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida Matbuot uyida yaratilgan sharoitlar, axborot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mavjud imkoniyatlar hamda faoliyat yo‘nalishlari o‘rganildi.

Deputat tomonidan soha faoliyati yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📌 Samarali hamkorlik — ochiqlik, shaffoflik va aholi bilan muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1