35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#24_ta_masala #okrugda_organish #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugi deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan tumandagi “Qoratepa” mahallasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar va qabristonlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, xususan, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida suv havzasi barpo etilayotgani qayd etildi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram▶️ YouTube 🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 5