35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Suv resurslaridan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida

 Suv resurslaridan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan Bahor MFY, Naymanovul qishlog‘i, Qarshiparchayev ko‘chasidagi mavjud holat o‘rganildi.

Deputat ko‘chaboshi B. O‘rozboyev bilan suhbatlashib, hududdagi suv ta’minoti, sug‘orish jarayonlari, aholi duch kelayotgan muammolar hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

📌 O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazorati asosida tahlil qilinib, tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritiladi.

Slide 1 of 6