35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun


Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish hamda hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev, Sh. Isamutdinov, J. To‘rayev hamda X. Xaydarov ishtirokida ertalabki shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda shahar hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini jadallashtirish, ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda ko‘cha va mahallalarni tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berilib, bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 4