Uchrashuv davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar tomonidan bildirilgan murojaatlar, ularning ijtimoiy muammolari va mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda zarur masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.
Mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi