35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF–6017-son “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimida erishilgan natijalar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish va bu boradagi ishlar sifatini yanada oshirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3