2026-yil 20–25-iyul kunlari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida qator videomateriallar tayyorlanib, axborot platformalari orqali e'lon qilindi.
📊 Hafta davomida jami 12 ta video taqdim etildi.
Jumladan:
🎥 2 ta — Kengash sessiyalari jarayoniga oid;
🎥 1 ta — doimiy komissiyalar faoliyatiga oid;
🎥 9 ta — deputatlarning hududlarda olib borayotgan amaliy faoliyati, deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolar yechimiga qaratilgan ishlarga bag‘ishlandi.
🤝 Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida Kengash faoliyatini muntazam yoritish, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda fuqarolarni dolzarb masalalar yechimi bilan tanishtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.