35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#24_ta_masala #Deputat_faoliyati DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 9-Bibizaynab saylov okrugidan saylangan deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan “Botash” mahallasida joylashgan 46-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining shayligi, moddiy-texnik bazaning holati hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 5