35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🏛 Xalq murojaatlari bilan ishlash — sessiya kun tartibidagi asosiy masala

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasida kun tartibidagi birinchi masala — xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

📌 Mazkur masala yuzasidan Pastdarg‘om tumani hokimining birinchi o'rinbosari Tohir Qosimov deputatlar oldida hisobot taqdim etib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat organlari mas’uliyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

🤝 Sessiyada hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli vazifalar belgilandi.